Shahrimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining… — SAMARQAND TAMADDUNI — TG.ME

Shahrimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kuni «Yagona Vatan, yagona oila bo‘lib, yangi hayot va kelajak sari!» shiori ostida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbir Samarqand shahridagi 54-umumta’lim maktabida ham bayramona ruhda tashkil etildi.

​Joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasiga 245 nafar o‘g‘il-qiz birinchi sinfga qabul qilindi. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga davlatimiz rahbarining "Prezident sovg‘asi" tantanali ravishda topshirildi.

​Bayram tadbiridan so‘ng yangi o‘quv yilining an’anasiga ko‘ra, barcha sinflarda ilk darslar yurtimiz mustaqilligining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.

Eslatib o‘tamiz: yangi o‘quv yilida viloyatimiz bo‘yicha 1280 ta umumta’lim maktabi hamda 60 ta nodavlat ta’lim muassasasining 1-sinfiga 92 ming 923 nafar o‘quvchi qabul қилинди.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
Telegram|YouTubeFacebook|Instagram
September 2, 2026 115 2