Bugun 2-sentabr — yangi o‘quv yilining ilk kuni. Men ham 35 yil oldin shu kuni maktabga hayajon bilan borgandim.
Bugun 1-sinf bolajonlarimiz uchun maktabga ilk qadam, ilm-ma’rifatga ilk yo‘l ochilmoqda. Katta sinf o‘quvchilarimiz esa yangi maqsadlar, katta marralarni ko‘zlab o‘quv yilini boshlamoqda.
Bugun biz ham Olmazor tumanining 243-maktabida o‘quvchi yoshlarimizning quvonchli kunini birgalikda kuzatdik. Madhiyamiz, milliy kuylarimiz yangradi, ustozlarga mehrli so‘zlar aytildi.
Davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, deya ta’kidlaganlar. Bugun rostdan ham Uchinchi renessans bunyodkorlari ilm-ma’rifat bilan maydonga chiqib kelmoqda.
@otabek_khasanov
September 2, 2026 656






