🇺🇿 “Kelajak soati” darsi o’tkazildi
Bugun Izboskan tumanidagi 2-umumta’lim maktabining o‘quvchilari uchun “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot “Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar” mavzusida o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon barcha sohalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar, zamonaviy infratuzilma, ilm-fan, sport, iqtisodiyot va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar bilan mustaqillikning bebaho ne’mat ekani, uni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har bir yoshning muhim burchi ekani yuzasidan fikr almashildi.
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, faol ishtirok etdilar.
🇺🇿 Mustaqillik – taraqqiyot, farovonlik va yorqin kelajak poydevoridir!
#KelajakSoati #Mustaqillik35
@shermatovlive














