Bir paytlar saytning yuklanishini bir necha soniya kutish odatiy hol edi. Bugun esa zamonaviy texnologiyalar yordamida ayrim sahifalarni bir soniyadan ham tezroq ko‘rsatishga erishish mumkin.
Lekin bunga qanday erishiladi?
Oddiy Client-Side Rendering (CSR) yondashuvida brauzer JavaScript kodini yuklab, sahifa tarkibini o‘zi shakllantiradi. Bu esa ayrim hollarda foydalanuvchining kontentni ko‘rishini kechiktirishi mumkin.
Nuxt SSR bilan esa jarayon boshqacharoq ishlaydi.
Foydalanuvchi saytga kirganida Nuxt serverda Vue komponentlarini HTML'ga aylantiradi va tayyor sahifani brauzerga yuboradi.
Natijada foydalanuvchi asosiy kontentni JavaScript to‘liq ishga tushishini kutmasdan ko‘rishi mumkin.
HTML kelgach, Vue Hydration jarayoni orqali tugmalar, formalar va boshqa interaktiv elementlar ishga tushadi.
Ya’ni server dastlabki sahifani tayyorlaydi, brauzer esa foydalanuvchi bilan ishlashni davom ettiradi.
Nuxt'ning Hybrid Rendering imkoniyatlari yordamida:
Ba’zi sahifalar oldindan tayyorlanadi (Prerendering).






