12IPU Aleksandr Shpakovskiy Belarus parlamenti a’zosi: Biz… — Oliy Majlis Senati — TG.ME

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #12IPU

Aleksandr Shpakovskiy
Belarus parlamenti a’zosi:


Biz O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va parlamentiga, eng avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevga yosh parlament a’zolari uchun ana shunday muhim forumni o‘tkazish tashabbusi uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Bu yerda siyosiy va iqtisodiy huquqlardan tortib, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bir sharoitda yoshlarning huquqlarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinmoqda. Bular kelajak nuqtayi nazaridan alohida e’tibor qaratishimiz zarur bo‘lgan masalalardir.

Deyarli barcha ma’ruzachilar bugun nihoyatda murakkab davrda yashayotganimizni ta’kidlamoqda. Mavjud muammolar yoshlar uchun turli xavf va tahdidlarga aylanmoqda. Shu sababli biz ularga birgalikda samarali yechimlar ishlab chiqishimiz zarur.

Bu borada O‘zbekiston va mening mamlakatim - Belarus siyosati tinchlikni ta’minlash, bahsli vaziyatlarni murosa va o‘zaro kelishuv asosida hal etishga qaratilgan.

Shu ma’noda, chuqur tarixiy ildizlarga ega qadimiy Samarqand hamda 35 yillik suveren taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan O‘zbekiston murakkab masalalarga yechim topish, jamiyatda ham, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarda ham murosaga erishish mumkinligini namoyon etmoqda. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini va mamlakat rahbariyatini ushbu muhim sana bilan tabriklayman.

Ishonamanki, Parlamentlararo Ittifoq tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu forum zarur va samarali yechimlarni birgalikda ishlab chiqishimizga xizmat qiladi. Konferensiyada ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar esa ma’ruzachilar tomonidan professional va xolisona yoritilmoqda.


Senat.uz
| Facebook | Instagram | Youtube | X | Threads | Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
September 5, 2026 1.2K 6