12IPU Anda Filip, Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi: Bugun… — Oliy Majlis Senati — TG.ME

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #12IPU

Anda Filip,
Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi:

Bugun Parlamentlararo ittifoq - dunyo milliy parlamentlarini birlashtiruvchi global tashkilot nomidan Samarqandda bo‘lib turganimdan juda mamnunman.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning jahon parlament hamjamiyatini Yosh parlament a’zolarining global konferensiyasida ishtirok etish uchun Samarqandga taklif etish tashabbusini yuksak qadrlaymiz.

Biz yosh parlament a’zolari jamiyatlarimizni tinchlik va inklyuzivlik tamoyillari asosida taraqqiy ettirishda nihoyatda muhim o‘rin tutishiga ishonamiz. Shu bois ushbu konferensiya ular uchun o‘zaro muloqot qilish, ilg‘or tajriba almashish, jamiyatlarimiz duch kelayotgan muammolarga yechim topish hamda fuqarolar manfaatlari yo‘lida milliy siyosatga yangi sur’at va g‘oyalar olib kirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bugun ertalab Prezident Shavkat Mirziyoyevning muhim murojaatini tingladik. O‘zbekistonda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yuksak baholaymiz. Xususan, yoshlarning iqtisodiy rivojlanishdagi ishtirokini kengaytirish, innovatsiya va ijodkorligini rag‘batlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari va imkoniyatlar yaratish borasidagi sa’y-harakatlar alohida e’tiborga loyiq.

Eng muhimi, yoshlarning jamiyat hayoti va siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.


Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X | Threads | Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
September 4, 2026 1K 3