📢 SBD ERP NARXLARI YANGILANISHI HAQIDA MUHIM E’LON
Hurmatli mijozlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, SBD ERP tariflari so‘nggi 2 yil davomida o‘zgarmasdan kelmoqda.
Shu davr mobaynida tizimimiz muntazam ravishda rivojlantirildi, yangi funksiyalar qo‘shildi va xizmatlar sifati yaxshilandi.
📌 2026-yil sentabr oyidan boshlab SBD ERP tariflari yangilanadi.
Boshqa ko‘plab dasturiy mahsulotlarda narxlar muntazam ravishda, odatda har 6 oyda qayta ko‘rib chiqiladi. Biz esa mijozlarimiz uchun narxlarni uzoq vaqt davomida o‘zgartirmasdan kelgan edik.
Endilikda yangi tariflar quyidagi tartibda belgilanadi:
🔹 Har bir mijoz uchun individual tarif
🔹 Narx biznesingiz va foydalanayotgan xizmatlaringizga qarab shakllantiriladi
🔹 O‘zingizga tegishli yangi tarifni SBD ERP dasturining “To‘lov” oynasi orqali ko‘rishingiz mumkin
🛡 MUHIM ESLATMA
Agar siz 1 yillik to‘lovni oldindan amalga oshirgan bo‘lsangiz, yangi narxlarning oshishi sizning amaldagi to‘lovingizga ta’sir qilmaydi.
Bizni tanlaganingiz va SBD ERP’ga bildirayotgan ishonchingiz uchun katta rahmat! ❤️
SBD ERP — biznesingizni boshqarishning zamonaviy yechimi.












