#talabalik
Tashqaridan hammasi oddiy: bitta auditoriya, bitta dars.
Lekin har bir oʻtirgan insonning ichida boshqalar koʻrmaydigan oʻzining ogʻir dardi, yashirin jangi va tashvishi bor. Kimdir moliyaviy qiynalmoqda, kimdir sogʻligʻidan xavotirda, yana kimdir esa shaxsiy inqirozni boshdan kechirmoqda.
Atrofingizdagilarga mehr bilan munosabatda boʻling. Hech qachon birovning ichki dunyosini, uning koʻtarib yurgan yukini bilib boʻlmaydi. 🖤
P.s Koinotdagi eng ogʻir hisob-kitob — bu oʻzga insonning qalbidagi yukni oʻlchashdir...
@sarvar_maths

