#bola_psixologiyasi
Kundalikdagi baho o'quvchiniki emas, aslida, Ustoz va ota-onaniki. Lekin baho yomon bo'lgan payti faqat bolani ayblab XAVOTIRga qo'yamiz.
Bizning bosimimiz ta'sirida paydo bo'lgan XAVOTIR bolani o'zini himoya qilish maqsadida turli noto'g'ri ishlarni qilishiga, aldashiga sababchi bo'lishi mumkin. Va shu nuqtada bolada yolg'onchilikning shakllanishiga sababchi bo'lamiz.
Bolaning yolg'onchi bo'lishiga biz Ustozlar va ota-onalar sababchimiz.
Unda nima qilish kerak?
Shunchaki, bolaga ishonch bering, "Bolam harakatlaring yaxshi keyingi safar yana ham yaxshiroq urunishinga ishonaman"- deng. Qo'rqmang farzandingiz buni suiiste'mol qilmaydi. Axir, davlat rahbarimiz ham kechagi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarimizni tanqid qilmay qo'llab-quvvatladilarku.
Shularni yozaturib xavotirlari juda kuchaytirilgan o'quvchilarim ko'z oldimga kelmoqda. Uning oiladagi bosimini tasavvur qilayapman. Asosiysi uydagi muhitga e'tibor berishimiz kerak hurmatli ota-onalar!
Bu gaplar avvalo o'zimga tegishli.
@sardor_teaches







