Kibersport musobaqalarida ishtirok etish istagidagi talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni kibersport turlariga keng jalb qilish maqsadida o‘tkaziladigan kibersport musobaqalari haqida talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Unda musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar qatnashib, ularga musobaqaning o‘tkazilish tartibi, ishtirok etish shartlari, yo‘nalishlari hamda belgilangan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va unda munosib ishtirok etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.






















