Xorijiy hamkorlik: yangi loyihalar muhokama qilindi Samarqand… — ⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali — TG.ME

⚡️ Xorijiy hamkorlik: yangi loyihalar muhokama qilindi

Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish uchun Turkiyaning Aksa kompaniyasiga berish yuzasidan prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida sohada olib borilayotgan ishlar yanada jadallashtirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori Eldor Mamasoliyevning Turkiyada faoliyat yurituvchi hamkor kompaniyaga xizmat safari amalga oshirildi.

Tashrif davomida Samarqand viloyatida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda elektr ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

https://t.me/SamHETK
❤6
August 30, 2026 2.3K 23