Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Toyloq tumanidagi Sariosiyo… — ⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali — TG.ME

#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toyloq tumanidagi Sariosiyo mahallasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Bugun viloyat hududida kuzatilgan kuchli shamol natijasida daraxt shoxlarining yiqilishi sababli ayrim elektr uzatish tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelgan.

Xususan, “Toyloq” fideri tarmog‘ida texnik shikastlanish oqibatida Sariosiyo mahallasida ayrim iste’molchilarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Qisqa vaqt ichida nosozlik to‘liq bartaraf etilib, elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishi ta’minlanadi.

https://t.me/SamHETK
❤1
August 29, 2026 4.5K 5