#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yuksalish Eco City” turar-joy majmuasining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga, xususan, elektr energiyasi ta’minotiga ulanishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat nazoratga olingan.
Ma’lumki, mazkur hududni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi “G‘arbiy” podstansiyasidan loyihaga ko‘ra, yangi umumiy uzunligi 3,2 kilometr bo‘lgan tarmoqni qurish belgilangan.
Hozirgi kunga qadar ushbu tarmoqning asosiy qismi, ya’ni 2,8 kilometri bo‘yicha qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilgan. Qolgan qismda yer osti kabel tarmoqlarini o‘tkazish jarayonida yuzaga kelgan ayrim texnik va tashkiliy masalalar sabab ishlarning yakuniy bosqichi ma’lum muddatga kechikdi.
Ayni paytda mavjud muammolarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda loyihani yakunlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ishlar to‘liq yakunlangach, mazkur hududdagi iste’molchilar belgilangan tartibda doimiy va uzluksiz elektr energiyasi ta’minotiga ulanadi.
Mazkur masala mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅ https://t.me/SamHETK
2August 29, 2026 1.7K 1