Sezilmaydimi? Qiyin emasmi?
Allohning xayotingda yo’qligi, sezilmaydimi? Ibodatlardagi xotirjamlikdan uzoq bo’lishlik, qiyin emasmi? Nima sababli yaratgan edi Robbing seni? Dunyo tashvishlari ortidan yugurib, Uni unutib yuborishing uchunmi? Bir insonga yoki kelib-ketuvchi vaqtinchalik tashvishlarga bog’lanib, cheksiz qadrga ega bo’lgan ruhingni, qalbingni azoblab, sotishing uchunmi?
Nima edi asl vazifang? Robbing sendan;
“ Alastu bi Robbikum? “ deya so’raganida;
“ Qolu bala... “ demaganmiding? Mana shu va’dani bermaganmiding? Qara, bu va’daning xattoki ma’nosini xam bilmaysan. Bu, seni yo’qdan bor qilgan Robbingga qarshi noshukurlik emasmi? Nomardlik emasmi?
Qalbing toza ediku? Niyatingda bor ediku? Xolbuki, Alloh toza qalblardangina joy olmasmidi? Xolbuki niyatlar amallarga xam aks etmasmidi? Agar, aks etmayotgan bo’lsa, iymoningdan xam, qalbingdan xam, niyatingdan xam shubha qil. Agar-ki, Robbingga bo’lgan muhabbating mustahkam bo’lganida, bugun sen namozni qoldirmagan bo’lar eding. Xar narsaga yetgan vaqting, vaqtni berganga yetmadi.
Mayli, balki eplay olmading, balki ko’p marotaba qoqilding, yiqilding. Lekin qoqilib, yiqilgandan so’ng, qo’llaringni Robbingga uzatdingmi? Rohman sendan, rahmatini ayadimi? Bahonalar izlama, xech qaysi bahonang o’tmaydi. Robbing senga xar on, xar soniya imkonlar bermoqda va O’zini eslatmoqda.
Eng muhimi nafas olmoqdasan, qalbing urmoqda. Yana qanday imkon kerak? Joynamoz ustiga chiqish uchun oyoqlaring yo’qmi? O’tirgan xolingda o’qi. Yoddan suralar bilmaysanmi? Bilganingni o’qi. Tahoratga imkoning yo’qmi? Tayammum qil. Yana qanday imkoniyat kerak senga? Yoki, yoki iymon kerakmi? Agar sen o’zingni xayvon yoki kofir o’rnida ko’rsang mayli shu g’aflat ichida qolgin. Bilgin-ki, xayvonlar va kofirlargagina berilmadi namoz ne’mati..!
©️Ummu Sa’ad
𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | @sakynam_pg🫀