Unda bitta savol berib koʻring:
"Oʻzingizdagi ayblarni ham xuddi shunday aniq bilasizmi?"
Imom Gʻazzoliy insonning ruhiy tarbiyasi haqida juda muhim bir haqiqatni aytadi: inson oʻz nafsidagi ayblarni oʻzi osonlikcha koʻra olmaydi.
" - Men unga baqirmadim, u avval boshladi".
" - Men sovuqlashmadim, u menga mehr bermadi".
" - Men undan xafa boʻlmadim, u meni tushunmadi".
" - Men talabchan emasman, u masʼuliyatsiz".
" - Men nazorat qilmayapman, shunchaki oilamni oʻylayapman".
Gʻazzoliy esa oʻz ayblarini bilishning yoʻllaridan biri sifatida boshqalarda koʻrgan nuqsonlaridan oʻzini tekshirishni ham keltiradi.
Oʻzingizdan soʻrang:
"Menda ham shu xulqning boshqa koʻrinishi yoʻqmi?"
"U meni eshitmaydi", deysiz.
Ammo siz uni tushunishga harakat qilyapsizmi?
U menga mehr koʻrsatmaydi, deysiz.
Ammo siz mehrni faqat uning berishi kerak boʻlgan narsa deb qabul qilmayapsizmi?
U meni qadrlamaydi, deysiz.
Ammo siz uning shaxsiy chegaralarini hurmat qilyapsizmi?
U juda tanqidchi, deysiz.
Ammo siz uni doim kamchiliklarini koʻrsatib tarbiyalashga urinmayapsizmi?
Aksincha, sogʻlom munosabatning eng muhim savollaridan biri:
"Juftimni qanday oʻzgartiraman?" emas,
"Bu munosabatda oʻzim nimani oʻzgartirishim kerak?" degan savoldir.




