YAXSHILIK QILING, LEKIN UNI MINNAT QILMANG!
Ba’zan insonlar doimiy ko‘rayotgan yaxshilikka o‘rganib qoladi. Natijada uni odatiy hol yoki majburiyatdek qabul qilishi mumkin. Bu inson tabiatidagi holatlardan biridir.
Ammo mo‘minning amali odamlarning qadrlashiga emas, Allohning roziligiga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Alloh taolo marhamat qiladi:"Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat qilish va ozor berish bilan bekor qilmanglar..." (Baqara surasi, 264-oyat)
Yana shunday deydi:"Molini Alloh yo‘lida sarflab, ortidan minnat va ozor ergashtirmaydiganlar uchun Parvardigorlari huzurida mukofot bordir." (Baqara surasi, 262-oyat)
Shuningdek, Payg‘ambarimiz ﷺ dedilar:"Odamlarga tashakkur qilmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi." (Termiziy, 1954; Abu Dovud, 4811 – sahih hadis)
Shunday ekan, yaxshilikni Alloh uchun qiling. Minnat qilmang. Ammo kimdir yaxshiligingizni odatiy hol deb bilib, uni suiiste’mol qilayotgan bo‘lsa, odob bilan chegara qo‘yishingiz mumkin. Bu minnat qilish emas, balki hikmat bilan muomala qilishdir.
Alloh taolo qilayotgan barcha yaxshiliklarimizni faqat O‘zining roziligi uchun qabul qilsin. Omin.








Yoqgan bo‘lsa #REAKSIYA











