Rus tilini O'rganamiz: post #42242 — TG.ME

📋 ХОРОШО

Bugun rus tilida eng ko‘p foydalaniladigan yana bir so‘z «хорошо » so‘zining ma’nolari va turli holatlarda ishlatilinishini misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.

🔥 хорошо 

📝 1. yaxshi, durust;

она хорошо одевается — у яхши кийинади;

хорошо вести себя — oʻzini yaxshi tutmoq;

📝 2. yaxshiyamki, yaxshi, soz, koʻngildagidek;

хорошо что он не слышал — yaxshiyamki, u eshitmagan ekan;

📝 3. xoʻp, yaxshi, mayli, shunday boʻlaqolsin;

ну хорошо, я сделаю по-твоему — xoʻp, yaxshi, sen aytgandek qilaman; 

📝 4. xoʻp, roziman, yaxshi, mayli, boʻladi;

хорошо, я приду — yaxshi, men kelaman;

📝 5. yaxshi, qarab tur(hali), koʻramiz, koʻrsatib qoʻyarman (doʻq manosida);

хорошо же, я это тебе припомню — xoʻp, yaxshi, buni senga eslatib qoʻyarman;

хорошо бы (если) он нас не заметил — u bizlarni koʻrmay (sezmay) qolsa, yaxshi boʻlardi;

хорошо бы дождичек! — yomgʻir yogʻsa, yaxshi boʻlardi; yomgʻir yogʻsaydi.

👉 @Rustili
❤20🔥6😁4👍3👏1
August 28, 2026 11K 50