Rus tilini O'rganamiz: post #42230 — TG.ME

📋 ДАЖЕ

Bugun rus tilida eng ko‘p foydalaniladigan yana bir so‘z «ДАЖЕ» so‘zining ma’nolari va turli holatlarda ishlatilinishini misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.

🔥 даже

📝 1. hatto, hattoki, hatto... ham;

даже теперь — hatto, hozir; hozirda ham;

даже я не знаю — hatto men ham bilmayman;

даже если... — hatto... boʻlgan taqdirda ham;

📝 2. hatto, hattoki;

провода гудят всегда, даже при полном безветрии — simlar doim, hatto sira shamol yoʻq vaqtida ham gʻuvullab turadi;

сегодня тепло, даже жарко — bugun kun issiq, hatto jazirama desa ham boʻladi;

очень даже — juda ham;

очень даже хорошо — juda ham yaxshi;

даже и — hatto... ham;

даже и не подумал — hatto oʻylab koʻrgani(m) ham yoʻq, hatto aqli(m)ga, xayoli(m)ga ham kelmagan edi.


👉 @Rustili
❤23👍3
August 27, 2026 14.1K 63