#Kambagallikni_qisqartirish
Har bir oila — e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida
Rishton tumanida kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va aholi farovonligini ta’minlash borasidagi ishlar inson qadri va manzilli yondashuv tamoyili asosida izchil davom ettirilmoqda.
Bugun tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov Dehqonobod mahallasida bo‘lib, hududdagi oilalarning yashash sharoiti, bandlik holati hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida har bir oilaning ehtiyojidan kelib chiqib, ularni daromadli faoliyatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Zero, kambag‘allikni qisqartirish — shunchaki moddiy yordam ko‘rsatish emas, oilaga barqaror daromad manbaini yaratish, uning ertangi kuniga ishonch uyg‘otish va munosib hayot kechirishiga sharoit yaratishdir.
Har bir oila farovon bo‘lsa — mahalla obod, mahalla obod bo‘lsa — jamiyat farovon! 🇺🇿
September 9, 2026 115



