#Rishton_va_jahon
🇺🇿🤝🇨🇳 RISHONDA XITOYLIK TADBIRKORLAR BILAN YANGI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
🏛️ Bugun Rishton tumani hokimligida xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Mehmonlarni tuman hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari kutib olib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
🏨 Uchrashuv davomida Rishton tumanida mehmonxona qurish loyihasi, shuningdek, boshqa istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📌 Tomonlar yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish, investitsiyalarni jalb qilish hamda hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
🌐 Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish Rishton tumanining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
#Rishton #Xitoy #Investitsiya #Tadbirkorlik #Hamkorlik #YangiLoyihalar #Mehmonxona
1September 29, 2026 408




