Xurramobodda qo‘shaloq bayram! 🇺🇿🎉 Rishton tumanidagi Xurramobod… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#️⃣ Xurramobodda qo‘shaloq bayram! 🇺🇿🎉

Rishton tumanidagi Xurramobod mahallasida Mustaqillikning 35 yilligi hamda “Tashabbusli budjet” loyihasidagi g‘alaba munosabati bilan qo‘shaloq bayram tashkil etildi.

🎶 Bayram dasturida el suygan xonanda Bahodir Mamajonov tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar mahalla ahliga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Jarangdor taronalar, samimiy tabriklar va bayramona muhit tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🏆 “Tashabbusli budjet”dagi g‘alaba Xurramobod ahli uchun Mustaqillik bayramiga munosib ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

🤝 Ushbu g‘alaba mahalla ahlining birdamligi, faolligi va o‘z hududiga befarq emasligining yorqin namunasidir.

🇺🇿 Mustaqillik — ulug‘ ne’mat, xalq birdamligi esa katta kuch!

🎤 Bahodir Mamajonov ijrosidagi qo‘shiqlar bilan Xurramobodda bayram kayfiyati yanada ko‘tarildi! 🎶
❤6
September 6, 2026 1.4K 12