Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Forwarded fromSASaida Mirziyoyeva
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘ldi. Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.

Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, o‘zbekistonlik iste’dod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib e’tirof topishiga zamin yaratadi.

Mazkur loyiha Prezidentimizning tashabbuslari hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining katta sa’y-harakatlari natijasida ro‘yobga chiqdi.



В Ташкенте открылся Центр современного искусства (CCA Tashkent), объединяющий выставочные залы, библиотеку, концепт-стор, образовательные площадки, а также зоны для встреч и исследований. Такой комплексный формат делает его первой институцией подобного рода в Центральной Азии.

Новый культурный кластер разместился в здании бывшей дизельной электростанции, построенной в 1912 году. Архитектурную трансформацию выполнило всемирно известное бюро Studio KO. Здесь будут проводиться выставки, исследования, лекции, дискуссии, кинопоказы, концерты и перформансы.

Особенно важно, что у Узбекистана появилась ещё одна современная площадка такого уровня. CCA Tashkent будет работать с художниками, кураторами и международными организациями, помогая нашим авторам выходить на новую аудиторию и становиться заметнее за пределами страны.

Создание проекта стало возможным благодаря инициативе нашего Президента и большой работе Фонда развития культуры и искусства Узбекистана.
❤1
September 6, 2026 428 1