Endi fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qiladi Fuqarolar uchun o‘z… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Endi fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qiladi

Fuqarolar uchun o‘z murojaatlarini kuzatish yanada osonlashdi va birinchi marta nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan ishga tushirilgan bu yangilik murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda qayta aloqa – SMS-xabarnoma yuborish xizmatini ishga tushirdi. Endi murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti va SMS orqali ma'lumot berib boriladi.

SMS-xabarnomada murojaat haqida maxsus havola mavjud. Fuqarolar havola orqali kirib, berilgan javoblar yuzasidan "Roziman" deb munosabat bildirishi yoki "E’tirozim bor" deb murojaatni qayta ijroga qaytarishi mumkin. Bu bilan o‘z murojaatini o‘zi nazorat qila oladi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤1
September 5, 2026 457 3