#Farzandlaring_bilan_faxrlan_Rishton!
#️⃣ “Tumanimizdan chiqqan yosh olimlar”
🎓 Rishtonlik yosh olimning ilmiy yutug‘i e’tirof etildi
Bugun Farg‘ona davlat universitetida ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga erishgan tadqiqotchi olimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
👏 Quvonarlisi, mazkur marosimda Rishton tumani Bo‘jay qishlog‘ida tug‘ilib voyaga yetgan yosh olim, sotsiologiya fanlari doktori Bekzod Tolibov ham munosib e’tirof etildi. Unga dotsent ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.
📚 Ilm yo‘li — izlanish, sabr va fidoyilikni talab etadigan sharafli yo‘l. Bekzod Tolibovning ushbu yutug‘i nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Rishton zaminidan yetishib chiqayotgan ilm ahli uchun ham faxrli voqeadir.
🌟 Yosh olimning ilmiy faoliyatidagi navbatdagi muvaffaqiyatlari, yangi tadqiqotlari va ilm-fan rivojiga qo‘shadigan hissasi bardavom bo‘lishini tilaymiz!
🇺🇿 Rishton — hunarmandlar yurti bo‘lish bilan birga, ilmga intilgan, yuksak marralarni ko‘zlagan iste’dodlar yurti hamdir! 📖✨

6
3September 5, 2026 714 5