#️⃣ Profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot: muammolar va takliflar tinglandi
👮♂️ Rishton tumani IIB majlislar zalida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov boshchiligida, tuman IIB bo‘lim boshlig‘i Shavkatjon Mavlonov ishtirokida mahallalarda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🤝 Ochiq muloqotda PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar bilan manzilli va samarali ishlash hamda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish masalalari muhokama qilindi.
📹 Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida hududlarni videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
🗣 Yig‘ilishning eng muhim jihatlaridan biri — profilaktika inspektorlarining o‘z hududlaridagi mavjud muammolari, ehtiyojlari va takliflari bevosita tinglangani bo‘ldi. Ular jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan vosita va jihozlar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.
📌 Bildirilgan takliflar o‘rganilib, mavjud muammolarni imkon qadar joyida hal etish, profilaktika inspektorlarining faoliyatini zarur sharoit va vositalar bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🛡 Asosiy maqsad — har bir mahallada xavfsiz va osoyishta muhit yaratish, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar manfaatlarini ishonchli himoya qilish.
Tinchlik va osoyishtalik — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz! 🇺🇿
September 5, 2026 464 2




