Kambag‘allikni qisqartirish — aniq maqsad va tizimli yondashuv… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Kambag‘allikni qisqartirish — aniq maqsad va tizimli yondashuv asosida

Rishton tumanida aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va har bir oilaning daromadini ko‘paytirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida yondashilmoqda.

Shu maqsadda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov Bo‘jay mahallasida bo‘lib vazifalarni belgilab berdi.

Hududdagi har bir oila va har bir muammoni manzilli o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaini yaratishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi ta'kidlandi.

Endi asosiy mezon — raqamlar emas, natija! Har bir belgilangan vazifaning ijrosi nazoratga olinib, muammoga sabab emas, uni hal etish yo‘llari izlanadi.

Zero, kambag‘allikni qisqartirish — bu shunchaki iqtisodiy vazifa emas, balki inson qadri, oila farovonligi va munosib hayot uchun mas’uliyatdir.

Maqsad aniq — har bir oila farovonligi, har bir insonning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash!
❤2
September 4, 2026 418 3