Rishton_va_jahon #️⃣ Istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#Rishton_va_jahon

#️⃣ Istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi 🇺🇿🤝🇹🇷

🏺 Rishton kulolchilik maktabi xalqaro hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.

Bugun Turkiyaning “Kası Cini Seramik” kompaniyasi rahbari, vatandoshimiz Husamettin Sabri hamda “Yasin Çelik Collection” kompaniyasi rahbari Yasin Çelik boshchiligidagi tadbirkorlar Rishton tumaniga tashrif buyurdilar.

🤝 Mehmonlar tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov va tuman hokimi o‘rinbosarlari bilan uchrashib, Rishton kulolchilik maktabini yanada rivojlantirish, hunarmandlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarida fikr almashdilar.

🏺 Tashrif davomida turkiyalik tadbirkorlar Rishtonning mashhur kulolchilik maktabi vakillari, usta kulollar va hunarmandlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muloqotlarda mahsulot sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, dizaynni takomillashtirish va xalqaro bozorlarga chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏭 Shuningdek, mehmonlar tumandagi chinni ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Rishtonlik usta kulollar tomonidan tayyorlangan kulolchilik va chinni buyumlaridan namunalar olindi.

🔬 Mazkur namunalar Turkiyadagi ixtisoslashgan laboratoriyalarda sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalariga ko‘ra, hamkorlikning keyingi bosqichlari belgilanadi.

🚀 Dastlabki kelishuvlar esa yanada katta rejalarni ko‘zda tutmoqda. Xususan, Rishton tumanida kulolchilik yo‘nalishida zamonaviy maktab tashkil etish, mahalliy usta kulollar va hunarmandlar malakasini oshirish, zamonaviy dizayn va yangi brendlar yaratish, mahsulotlarni xalqaro standartlarga olib chiqish hamda eksport hajmini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

🌍 Bu hamkorlik Rishtonning asrlar davomida shakllangan milliy kulolchilik maktabini xalqaro maydonda yanada tanitish, hunarmandlar uchun yangi bozorlar va imkoniyatlar ochish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda “Rishton kulolchiligi” brendining xorijiy bozorlardagi nufuzini oshirish uchun muhim qadam bo‘ladi.

An’ana va zamonaviylik uyg‘unligi — yangi imkoniyatlar sari yo‘l!

🏺🇺🇿 Rishton kulolchilik maktabi — dunyo bozorlariga yanada dadil qadamlar bilan! 🌍🤝🇹🇷
September 4, 2026 358 1