RISHTON TUMANI HOKIMLIGI: post #210794 — TG.ME

#Mustaqillik35

🇺🇿 Mustaqillik — bunyodkorlik va inson qadri timsoli

Yurtni obod qiladigan rahbar — avvalo, xalq dardini his qiladigan, imkoniyatni natijaga aylantira oladigan rahbardir.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Rishton tumani tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar ana shunday yondashuvning amaliy ifodasiga aylanmoqda.

🏥 Rishton tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Xojiraxmatov Bunyodbek tashabbusi bilan tibbiyot muassasalarida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun sharoitlarni yaxshilash, tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirildi.

💻 Tibbiyot muassasalariga 100 dona kompyuter jamlanmasi, bemorlar uchun 200 dona yotoq divani va 200 dona tumbochka, shuningdek, 200 dona matras yetkazib berildi.

🏗️ KTMP binosining tom qismini ta’mirlash ishlari ham homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, muassasaning moddiy-texnik holatini yaxshilashga e’tibor qaratildi.

🌿 Tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 52 nafar tibbiyot xodimi Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlariga 6 kunlik ichki turizm sayohatiga yuborildi.

🎒 Mehr va e’tibor faqat tibbiyot tizimi bilan cheklanib qolmadi. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 ta xonadondagi maktab yoshidagi bolalarga maktab sumkalari tarqatildi.

🌷 Yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimida fidokorona mehnat qilib, munosib dam olish yoshiga yetgan 10 nafar tibbiyot xodimi pensiyaga tantanali ravishda kuzatildi. Ularning ko‘p yillik xizmatlari e’tirof etilib, samimiy tilaklar bildirildi.

🔥 Tibbiyot muassasalarida xavfsizlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, 10 dona yong‘inga qarshi shit va 60 dona o‘t o‘chirgich o‘rnatildi.

🍲 Eng muhimi, Mustaqillik bayrami arafasida shifoxonada davolanayotgan 300 nafar bemor uchun bayramona osh tayyorlanib, tarqatildi. Dard bilan shifoxonada yotgan insonlarning ko‘nglini ko‘tarish, ularga bayram shukuhini ulashish — inson qadri va mehr-oqibatning yorqin namunasidir.

Bu raqamlar ortida esa oddiy statistika emas, inson taqdiri, e’tibor va g‘amxo‘rlik turibdi.

Bugun tibbiyot tizimiga kiritilayotgan zamonaviy jihozlar — shifokorlar uchun qulaylik, yangi mebellar — bemorlar uchun sharoit, sayohatlar — xodimlar uchun e’tibor, maktab sumkalari — bolalar uchun quvonch, bayram oshlari esa dardmand insonlar uchun mehr ulashmoqda.

🇺🇿 Mustaqillikning eng katta qadriyati ham shunda — inson qadri ulug‘lanayotgan, mehnat e’tirof etilayotgan, ezgu tashabbuslar amaliy natijaga aylanayotgan yurtda yashayotganimizda.

35 yillik Mustaqillik bayrami arafasidagi ushbu ezgu ishlar Rishton tibbiyot tizimida yangilanish, bunyodkorlik va insonparvarlik ruhining yorqin ifodasidir.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz sog‘-salomat, tibbiyotimiz yanada rivojlangan bo‘lsin! 🇺🇿
❤1👏1
August 30, 2026 363 1