Vodiy gavhari Farg‘onada bayram shukuhi: taraqqiyot va yangi marralar tantanasi
Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan viloyat bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat faollari, shahar va tumanlardan keng jamoatchilik vakillari – nuroniylar, mehnat ilg‘orlari, tadbirkorlar va yoshlar, shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d hamda Qirg‘izistonning Botken viloyatidan kelgan mehmonlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, Farg‘ona ahlini mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
—
Праздничная атмосфера в Фергане — жемчужине долины: торжество развития и новых рубежей
—
Festive Spirit in Fergana, the Pearl of the Valley: A Celebration of Progress and New Milestones
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Forwarded fromFarg'ona viloyati hokimligi
August 30, 2026 412 1









