YUKSAK E’TIROF MUBORAK! 👍Andijon davlat chet tillari instituti… — АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети — TG.ME

YUKSAK E’TIROF MUBORAK!

👍Andijon davlat chet tillari instituti rektori Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🇺🇿Mazkur yuksak e’tirof — Dilshodbek Abduvaxidovichning mamlakatimiz taraqqiyoti, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy va sifatli ta’lim berish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali mehnati hamda fidokorona faoliyatiga bildirilgan yuksak e’tibor ifodasidir.

Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida yangi zafarlar tilaymiz.

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni muborak bo‘lsin!

ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI MATBUOT XIZMATI

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐️️Veb-sayt
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
👏3👍2❤1🔥1
August 27, 2026 127 2