2026-yil 22-avgust kuni soat 09:00 da (102-C xonada) Andijon davlat chet tillari institutida “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibida Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevichning 10.00.01 – “O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan quyidagi mavzudagi dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkaziladi:
Mavzu: “Farg‘ona viloyati tarixiy toponimiyasining sotsiolingvistik tadqiqi”.
Barcha soha mutaxassislari va qiziquvchilarni ilmiy muhokamaga taklif etamiz.