Hurmatli va faol Andijon davlat chet tillari instituti talabalari! ⚠️… — АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети — TG.ME

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

Hurmatli va faol Andijon davlat chet tillari instituti talabalari!

⚠️ Ma'lumki, har o‘quv yili yakunida talabalarning o‘quv, ilmiy va ijtimoiy faolligi natijalariga ko‘ra davlat grantlarini qayta taqsimlash jarayoni amalga oshiriladi.

❓ Shu bilan birga, ko‘plab talabalarda:

💭 Ballarni qanday to‘plash mumkin?
💭 Qaysi faoliyat turlari baholanadi?
💭 Hujjatlarni HEMIS tizimiga qanday va qachon yuklash kerak?
💭 Qaysi loyiha, tanlov va tadbirlarda ishtirok etish maqsadga muvofiq?

❓ kabi savollar yuzaga kelmoqda.

⁉️ Mazkur savollarga amaliy yechim berish hamda "Ijtimoiy faollik indeksi"ning 11 ta mezoni bo‘yicha talabalarga metodik va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi huzurida maxsus maslahat guruhi o‘z faoliyatini boshlaydi.

⌛ Guruhda Sizni nimalar kutmoqda?

✅ 11 ta mezon bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar – kitobxonlik, GPA ko‘rsatkichi, volontyorlik, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport, madaniy tashriflar hamda boshqa yo‘nalishlarda ball to‘plash tartibi;

✅ Loyiha va tanlovlar taqvimi – institut, viloyat va respublika miqyosida tashkil etiladigan tanlovlar, olimpiadalar, forumlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlar haqida tezkor ma'lumotlar;

✅ Metodik va uslubiy maslahatlar – bo‘lim mutaxassislari tomonidan HEMIS tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish va portfelni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.

🔈 Agar Siz:

✔️ davlat granti asosida tahsil olishni maqsad qilgan bo‘lsangiz;
✔️ "Ijtimoiy faollik indeksi"da yuqori natijalarga erishishni istasangiz;
✔️ o‘qish, ilm-fan, sport, ijod va jamoat ishlarida faol bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz,
ushbu maslahat guruhi aynan Siz uchun tashkil etilgan.


⭐ Andijon davlat chet tillari instituti talabalarining "Ijtimoiy faollik indeksi" maslahat guruhi: https://t.me/adchti_tifi

👑 Faolligingiz bugungi yutug‘ingizni, bugungi mehnatingiz esa ertangi muvaffaqiyatingizni belgilaydi!

⚫️ Bizni ushbu sahifada kuzating:✅Telegram
August 2, 2026 628 2 1