ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN”… — АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети — TG.ME

ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI TASHKIL ETILDI

👍Andijon davlat chet tillari institutida ekologik mas’uliyatni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda raqamli boshqaruv tizimini keng joriy etish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi.

🔺Mazkur tashabbus doirasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va xodimlar qog‘oz iste’molini kamaytirish, ish jarayonlarida elektron platformalardan keng foydalanish hamda hujjatlar almashinuvini raqamli shaklda tashkil etish bo‘yicha faol ishtirok etdilar.

🔺Aksiya davomida zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish, resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

❌“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

🕸Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ adchti.uz
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
June 19, 2026 252 1