Respect UZ: post #117 — TG.ME

O‘zbekiston Xitoydan olingan yangi avlod qiruvchi samolyotlarini namoyish qildi

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston havo sarhadlarni qo‘riqlayotgan «zamonaviy qiruvchi samolyotlar»ni namoyish qildi.

Bu O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari safiga qo‘shilgan Xitoyda ishlab chiqarilgan 4,5 avlod J-10CE qiruvchi samolyotlari hisoblanadi. Kun.uz avvalroq, xitoylik harbiy kuzatuvchilar va ochiq manbalarga tayanib ushbu kelishuv haqida maʼlumot bergandi.