TADBIRKORLAR UCHUN MUHIM YANGILIK: ENDI BIZNESNI “MASLAHATSIZ”… — Respect UZ — TG.ME

🚨💼 TADBIRKORLAR UCHUN MUHIM YANGILIK: ENDI BIZNESNI “MASLAHATSIZ” CHEKLASH QIYINLASHADI!

🇺🇿 Yangi qonunga ko‘ra, tadbirkorlikka daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni biznes vakillari bilan maslahatlashmasdan qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

📌 Endi bunday hujjat loyihalari:

🌐 regulation.gov.uz portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi;

🤝 Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi.

⚠️ Eng muhim jihati:

Agar hujjat loyihasi biznes zimmasiga yangi majburiyat, javobgarlik yoki cheklov yuklashni nazarda tutsa, ammo uning tartibga solish ta’siri baholanmagan bo‘lsa — bunday loyiha qabul qilinmaydi.

🔥 Ya’ni, tadbirkorlar hayotiga ta’sir qiladigan yangi qoidalar endi muhokamasiz joriy etilmaydi.

📢 RESPECT UZ — biznes va jamiyat hayotidagi muhim yangiliklar.
August 21, 2026 426