🤖🔥 KORXONALAR UCHUN AI DAVRI BOSHLANMOQDA!
🇺🇿 O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan yangi dastur ishga tushiriladi.
💰 Eng qiziq tomoni — xarajatning 50 FOIZI QOPLAB BERILADI!
📌 “10 ming korxona uchun — sun’iy intellekt hamkor” dasturi doirasida:
🤖 Korxonaga SI joriy qilish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi;
🧩 Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor SI dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi;
🖥️ Yangi mahsulot uchun SI modelini yaratishda O‘zbekistondagi birinchi superkompyuterdan bepul foydalanish imkoniyati beriladi;
🔬 SI bo‘yicha ilmiy-tadqiqot xarajatlari budjetdan qoplanadi.
🚀 Ya’ni, biznesga sun’iy intellekt joriy qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarning xarajatlari sezilarli kamayadi.
💬 Sizningcha, SI biznesingizga qaysi tomondan eng ko‘p foyda keltirishi mumkin?
📢 RESPECT UZ — eng muhim yangiliklarni birinchilardan bilib oling.

August 18, 2026 1K 2