AI laboratoriyasini qo‘lga olib…
Bugun Xitoyda “AI Visual Sensor Experiment Box” — ya’ni sun’iy intellekt va sensor texnologiyalari uchun mo‘ljallangan laboratoriya qurilmasini oldim. Rostini aytsam, bir nechta universitetlarni ko‘rib yurganimda eng katta farq aynan amaliyotda ekanini yanada chuqurroq his qildim. Bu yerda talabaga faqat nazariya emas, qo‘liga real qurilma beriladi: sensor ulaydi, kamera ishlatadi, kod yozadi, tajriba qiladi.
Hamkorlarimiz ushbu qurilmadan universitetimizda sinov tariqasida foydalanishimiz uchun yana 40 ta yuborishga ham rozi bo‘lishdi. Endi uni universitetda sinab ko‘ramiz. Agar natija yaxshi chiqsa, AI va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha amaliy laboratoriyalarni yanada kengaytirish niyatidamiz. Menimcha, kelajak ta’limida eng katta ustunlik — auditoriyadagi gap emas, talabaning qo‘lidagi real tajriba bo‘ladi.
🚀 Ilm, Fikr, Harakat
👉 @botirov_golibjon