AQSH fond bozorida ishlaydigan mashhur investor Gay Spierning intervyusini koʻrdim.
30 yilga yaqin investitsiya fondini boshqarib, katta boylik orttirgan.
2024-yil noyabrida, oilasi bilan sayohatdan qaytayotganda, mashinada tutqanoq boʻladi.
Ertasi kuni tashxis: glioblastoma davosi yoʻq miya saratoni.
Oʻrtacha umr tashxisdan keyin 15 oy.
u endi hayoti butunlay oʻzgarib ketganini aytadi:
- Birdan qarasam, mening cheksiz vaqtim yoʻq ekan.
- Nabiralarimni hech qachon koʻrmasligim, bolalarimning toʻyini, universitetni bitirishlarini koʻrmasligim mumkin...
Shu nuqtada pulning kimga keragi bor?
Butun umr birjadan pul topishdan koʻra koʻproq narsa qilmaganidan afsuslanadi:
«Butun umrini insonlar hayotini yaxshilaydigan kashfiyot ustida ishlashga bagʻishlagan ajoyib insonlarni koʻrasiz.
Shu jihatdan menda armon bor.»
Hozir u qolgan boyligini glioblastomaga davo izlash tadqiqotlariga yoʻnaltirmoqchi.
«Buni pul topish uchun emas, ilm-fanni rivojlantirish uchun qilaman», deydi.
@botirziyatov