hayot_mohiyati Bugun 2 yillik natijani o'qisak bo'ladi 🔥 Har doim… — Rahim Sadiy | rahimsadiy.uz — TG.ME

#hayot_mohiyati

Bugun 2 yillik natijani o'qisak bo'ladi 🔥

Har doim "Klassik xatolar" haqida gapirganimda, umrimning ham kitobimning ham bir qismini egallaydigan mavzu ekanini his qilardim. Bugun "Insoniyatning klassik xatosini" 14 ta eng muhimini asosiy ta'rif va izohlari yozib tugatishga muvaffaq bo'ldim.

(insoniyatni klassik xatolarini o'z kitobimda o'z talqinim bilan taqdim qilishim o'zim uchun judayam katta baxt 😊)

MAVZUDAN PARCHA

Tajriba — o'ta qimmat maktab. Agar biz haqiqatni faqat o'z xatolarimiz orqali o'rganmoqchi bo'lsak, uni tushunib yetgunimizcha ortga qaytarib bo'lmas fojialarga yuz tutamiz yoki oradan 50 yil o'tib, to'g'ri yashash uchun na vaqtimiz na toqatimiz qolmaydi. Shuning uchun bizga universal qoidalar, asrlar davomida insoniyat qayta-qayta boshi uriladigan "klassik xatolarni"ni tanib olishimiz kerak.

Zero, bilimning asl vazifasi ham shunda — u bizga vaqtdan yutish, umrni uzaytirish imkonini berishi lozim.

Qisqa yo'lning ikki qanoti 
Hayotni ongli ravishda, ortiqcha yo'qotishlarsiz va mazmunli yashab o'tish uchun oldimizda faqat ikkita o'ta muhim vazifa turadi:

1. Klassik qoidalarni bilish: Asrlar davomida sinalgan, insoniyat tajribasida o'zini oqlagan fundamental haqiqatlarni o'zlashtirish va ularni hayot kompasiga aylantirish.

2. Klassik xatolarni anglash: Boshqalar minglab yillar davomida takrorlab kelgan va inson ongi doimiy ravishda tushadigan qopqonlarni oldindan tanib olish va bu xatolarga qayta qoqilmaslik.


To'liq o'qish:
https://rahimsadiy.uz/Kitoblar/Hayot+mohiyati/Insoniyatning+klassik+xatolari
⚡8💯1
July 29, 2026 497 8 2