#hayot_mohiyati
Kitobimizga yana bir insoniyatning klassik xatolaridan biri bo'lmish "Kelinchak tuzog'i" fenomenal mavzusi yozib bitkazildi 🔥
KELINCHAK TUZOG'I
(maqoladan parcha)
...Oilada so'nggi hukmni o'qish, yakuniy qarorni qabul qilish huquqi erkak kishiga berilgani bejiz emas. Chunki erkak tabiatida mantiqiy fikrlash har qanday his-tuyg'ulardan doimo ustun turadi. Shu sababli, erkakning qarorlari ko'pincha muammolarni hal qilishga, faqat oldinga — yechim sari harakatlanishga yo'naltirilgan bo'ladi.
Ayol tabiati esa butunlay boshqacha: uning qarorlari ko'pincha ayni damdagi his-hayajonlar va ruhiy ehtiyojlariga chambarchas bog'liq. Ayol uchun hayot to'lqinlarida aynan qaysi tomonga harakatlanish unchalik ham ustuvor emas. O'ngmi yoki chap, balandlikmi yoki pastlik — bularning bari ayol uchun shunchaki hayot dinamikasidir.
Shu boisdan ham, ayol kishi o'z erining arzimas bir xatosini bo'rttirib, butun boshli dramaga aylantirishi uning tabiati uchun normal holat hisoblanadi. Chunki ayol har qanday holatda ham yashashni, hayotni chuqur his qilishni istaydi va u uchun bu yashash tarzi zerikarli bo'lmasligi kerak. Bu jarayon ehtirosli shodlik bilan kechadimi yoki ko'z yosh-u iztiroblar bilanmi — buning ahamiyati yo'q. Eng muhimi, u o'zining yashayotganini butun vujudi bilan his qilsa bas.
To'liq o'qish:
https://rahimsadiy.uz/Kitoblar/Hayot+mohiyati/Kelinchak+tuzog'i

10
1
1July 26, 2026 428 5 4