Hayotimda qilgan eng to'g'ri qarorlarimdan bu dizayn o'rganganim va shogird tushganim deb bilaman. Uni butun umrlik kasb qilib ololmadim o'zimga, ammo u yerda o'rgangan ko'nikmalarim butun umr men bilan qoladi.
Ustozim shu qadar faylasufona gaplar aytardiki inson tafakkur qilishga majbur qolardi.
Men ham ulardek Ustoz bo'lishni xohlayman, o'quvchilar hayotida faqat dars beruvchi mudarris sifatida qolishni istamasdim.
Dizaynni muhimliligini his qilishimiz uchun aytgan eng ta'sirli gaplari:
"Bilasizmi, Allohga eng yaqinlashtiruvchi kasb dizaynerlik. Olamga qaraysizda tushunasiz, bu go'zallik o'z-o'zidan paydo bo'lib qolishi mumkin emasligini. Ulug' bir Musovvir unga chiroy ato etganini."
"Alloh o'zining sifatlaridan bir kichik qismini insonlarga bergan. Siz ham u berilgan sifat orqali go'zallik yaratishiz uchun. Hadisda aytilgani kabi "Alloh go'zal narsalarni yaxshi ko'radi" Shunday ekan, hayotni go'zallashtiring"
Bu gaplarni eshitib qanday dizaynni tashlab ketdim hayronman?
Forwarded fromXos Sahifa
6
2
1July 22, 2026 397