hayot_mohiyati Muhabbat vodiysi Muhabbat — aql va ruh bilan pishib… — Rahim Sadiy | rahimsadiy.uz — TG.ME

#hayot_mohiyati

Muhabbat vodiysi

Muhabbat — aql va ruh bilan pishib yetilgan, ego qobig‘idan mutlaqo ozod bo‘lgan sof xolislik makonidir. U ehtirosli sevgi yashinidan so‘ng qalbda barqaror yonib turuvchi mo‘tadil olovdir. Uning poydevorida chuqur anglash va his qilish, samimiylik, ishonch, hurmat va qabul qilish kabi yadroviy sifatlar ushlab turadi. Bu barcha muhtasham qadriyatlarni o‘zida birlashtirib, yaxlit saqlab turuvchi eng ulkan fundamental kuch esa — fidokorlikdir.

"Insonlarga bo‘lgan sof muhabbat – o'zlikka sig'inish va egodan xalos bo‘lishning yagona yo‘lidir." (Mark Avreliy)

Sevgi — bu jo‘shqin his-tuyg‘u, ehtiros va kutilmagan tortilishdir. U ko‘pincha ob'ektning tashqi jozibasiga, yuzaki go‘zalligiga va zohiriy shakliga tayanadi. Muhabbat esa shunchaki his-tuyg‘u emas, balki aql va ruh bilan pishib yetilgan anglash, chuqur hurmat va botiniy qabul qilish san'atidir. Sevgi insondagi go'zallikni qidirsa, muhabbat o'sha insonning ichki mohiyatiga, fitratiga (qalbiga) oshiq bo'ladi.

Muhabbatda kir bo'lmaydi, shuning uchun u har qanday ezguliklarning poydevori va boshlanishidir.
(Rahim Sadiy)


O'qish: https://rahimsadiy.uz/Kitoblar/Hayot+mohiyati/Muhabbat+vodiysi
🔥4👍1👏1
July 7, 2026 556 11 1