Forwarded fromРамазанов Бахтияр
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutiga yangi direktor tayinlandi
Joriy yilning 3 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib, institut jamoasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi yangiliklar va ustuvor vazifalar xususida fikr almashildi.
Muloqot davomida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, zamonaviy ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda institut faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Norchayev Davron Rustamovich Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida Alisher Shukurov institutning yangi direktori Davron Norchayevga sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Institut jamoasi Davron Rustamovich Norchayevni yangi lavozim bilan qutlab, mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
Website
Telegram
6September 3, 2026 183 25






