8th Aral Summer School – 2026” ⚙️ Joriy yilning 13-22 avgust kunlari… — Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) — TG.ME

“8th Aral Summer School – 2026”

⚙️ Joriy yilning 13-22 avgust kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota va Aralsk shaharlarida Orolbo‘yi mintaqasining dolzarb ekologik, iqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalariga bag‘ishlangan “8th Aral Summer School – 2026” xalqaro yozgi maktabida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Muzaffar Xaliqulov faol ishtirok etdi.

⛓ Yozgi maktab doirasida Orolbo‘yi mintaqasida barqaror rivojlanish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, transchegaraviy hamkorlik, iqlim o‘zgarishi hamda ekotizimlarni tiklash masalalari muhokama qilindi. Dastur doirasida xalqaro ekspertlar va olimlarning ma’ruzalari, amaliy treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar hamda dala tadqiqotlari tashkil etildi.

🔵 Tadbirning amaliy qismida ishtirokchilar UNDP Green Belt loyihasi, Kamishlibosh baliqchilik xo‘jaligi, Shimoliy Orolbo‘yi tabiiy landshaftlari, Aqespe va Butaqov ko‘rfazlari hamda Ko‘karal to‘g‘oni hududlariga tashrif buyurib, Orolbo‘yi ekotizimlarini tiklash, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash va biologik resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

📇 “8th Aral Summer School – 2026” Markaziy Osiyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi aloqalarni shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

🖥 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!

🌐 Website  🌐 Telegram
September 3, 2026 147 1