Ayni vaqta Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy Seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Kun tartibida Bozorboyev Abbosjon Abdunazar o‘g‘li tomonidan 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Kunjut tuplarini o‘rib-uyumlaydigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilinmoqda.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! Website Telegram