Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi – xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Istiqlol yillarida Vatanimiz o‘zining munosib taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda.
Bugungi kunda yurtimizning ertangi taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, zamonaviy va resurs tejamkor texnika hamda texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish borasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Shu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati va jamoasi!
