MANZILLI DASTUR DOIRASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI… — Quva tumani hokimligi — TG.ME

MANZILLI DASTUR DOIRASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

#24_ta_masala

 
🔵 Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari M.Akramov, G.O‘ktamova, D.Sodiqova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida Taxtako‘prik mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
 
🔵 O‘rganish davomida mahallaning A.Yassaviy ko‘chasida “IMKON YO‘L QURILISH TA’MIR” MChJ tomonidan 1 kilometr 100 metr uzunlikdagi, 14 metr kenglikdagi yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari holati, bajarilish sifati hamda belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganildi.
 
▫️ Shuningdek, yo‘l qurilishi ishlarining belgilangan muddatlarda va sifat talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
 
✅ O‘rganish yakunida mas’ullarga ishlarni sifat talablariga muvofiq davom ettirish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Instagram|  ✅ Telegram |✅ Facebook| 📹 Youtube 🦅 E-Kengash
September 4, 2026 357 2