Quva tumani hokimligi: #34974 жазба — TG.ME

🫂ILK ORZULARGA YETAKLAGAN MASKAN:

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi, “Bilimlar kuni” hamda “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan “Men o‘qigan maktab” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Alisher Anvarov o‘z tahsil olgan Quva tumanidagi 8-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

🗣️Tashrif davomida maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, yoshlarning ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi haqida fikr almashildi.

📝Uchrashuvda maktab yillari, ustozlar mehnati va inson hayotida ta’limning beqiyos ahamiyati haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Yoshlarga ilm olishdan, izlanishdan va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishdan hech qachon to‘xtamaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📌 Shuningdek, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

📖 Kitob — tafakkurni boyitadi, maktab esa insonning katta orzu va maqsadlar sari ilk qadamlarini shakllantiradi.

✅Ushbu ezgu an’ana — o‘zi ta’lim olgan maskanga qaytish, ustozlarni qadrlash va bugungi avlodga e’tibor qaratish g‘oyasini o‘zida mujassam etishi bilan ahamiyatlidir.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram | 3️⃣ Facebook
September 3, 2026 576 4