Hannibal — 3/5
Alohida film sifatida yaxshi. Ammo kitob bilan solishtirsa farqlar juda koʻp. Kitobdagi temp filmda ancha sust bo'lib qolgan. (Yirik voqelik va obrazlar kesib tashlangani uchundir) "Qoʻzichoqlar sukunati"dagi K.Starlingni bu yerdan topa olmadim.
Iron Man 3 — 4/5
Tony Stark ruhiy kechinmalari yaxshi ochib berilgan. Yon qahramonlar ham shunchaki toʻldiruvchi emas bir butun boʻlib keta olgan. Shunchaki yaxshi.
Thor: The Dark World — 3/5
Vizual effektlar va Loki hamda Tor o'rtasidagi munosabatlar yaxshi yoritilgan, lekin bosh yovuz qahramon juda zerikarli chiqqan.
Obsession — 4.5/5
Horror-triller sifatida yaxshi film. Lekin aynan Obsessiya mavzusini yaxshi koʻtaribdi demagan boʻlardim. Bosh qiz qahramon roli ijrochisi juda mahoratli. Oxirgi yillar chiqqan yoki men koʻrgan sifatli trillerdan biri. (Hype qilinganchalik wow emas lekin)
Captain America: The Winter Soldier — 3.5/5
Nomi Winter Soldier boʻlgani bilan Winter Soldierga ekran vaqti juda kam ajratilgan. Erkinlik, xavfsizlik balansi kabi mavzularni olib chiqishga uringan-u, ammo negadir zavq bermadi. Kapitan Amerika 1940-yillardagi oq-qora, yaxshi-yomon aniq boʻlgan muhitdan, kulrang davrga kelib qolgan. Kimga ishonib boʻladi-yu, kimga yoʻq. Shunisi filmni yutugʻi.
Guardians of the Galaxy — 4/5
Judayam koʻp action, koinotdagi qorongʻu muhit rosa asabimga tegdiyu, lekin qahramonlarning oʻziga yarasha xarizmasi, chuqur hissiyotlarga ega ekani yoqdi. Aynan shu film zavq bera oldi. Rocket bilan Groot juftligi ayniqsa. Undan tashqari abadiyat toshlari, Tanos bilan ham yaqinroq tanishdim.
P.s. Posterlarni alohida saralab, tanlab olaman. Zavqlaninglar.
@QonliBitiklarim







