Muxlisani ushbu quvonchli natija bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bolalar salomatligini asrashdek sharafli va mas’uliyatli kasb sari tashlagan qadami muborak bo‘lsin! Kelajakda bilimli, mehribon va malakali shifokor bo‘lib yetishishini tilaymiz!
Muxlisaning ushbu yutug‘ida doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan ota-onalariga alohida tashakkur bildiramiz! Farzandingizning bugungi quvonchi muborak bo‘lsin, bundan-da katta zafarlar nasib etsin!